Ona tili — millatning ruhidir
17.
10. 2020
14:25
146
News

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat ekologik ekspertizasi markazida shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan ushbu tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, 21 oktyabr sanasi mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni bo‘lib keng nishonlanmoqda.

— Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik timsoli bo‘lgan bebaho ma’naviy boylik hamda buyuk qadriyatdir, — deydi filologiya fanlari nomzodi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Hulkar Hamroeva. – «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilayotgan O‘zbekistonda o‘zbek tilining davlat tili sifatida hayotimizdagi o‘rni va qadrini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar kishini quvontiradi. Ayniqsa, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining yaqinda bo‘lib o‘tgan 75-sessiyasida jahon hamjamiyati oldida o‘zbek tilida nutq so‘zlashi nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosida ona tilimizning yaanada keng tanilishiga xizmat qildi.

Tadbirda o‘zbek tili rivoji yo‘lida hali oldinda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ulkan vazifalar haqida ham so‘z yuritildi.

Tadbir davomida «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» mavzusidagi rolik namoyish qilindi.


O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/ona55-tili-...

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources