Daryo o‘zanlarida ekologik nazorat tadbirlari kuchaytiriladi
25.
06. 2020
18:39
164
Econadzor

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tashabbusi bilan 25 iyun kuni tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan daryo o‘zanlarini tozalash, qum shag‘al konlari va qayta ishlash korxonalarida ekologik nazoratni kuchaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami yil sayin kengaymoqda. Yangi uy-joylar, yirik loyihalar amalga oshirilib, zamonaviy infratuzilma ob’ektlari barpo etilmoqda. Tabiiyki, bunda katta hajmda qurilish materiallariga, shu jumladan, qum va shag‘al materiallariga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortdi.

Yig‘ilishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat sanoat xavsizligi qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Transport vazirligi va boshqa idoralardan mutaxassislar ishtirok etib, bugungi kunda daryo o‘zan tozalash ishlari, noruda foydali qazilmalar qazib oluvchi hamda uni qayta ishlovchi sub’ektlarda ekologik talablarga rioya etilishi masalalari, o‘tkazilgan monitoring natijalari muhokama qilindi.


Shuningdek, tosh maydalash va saralash korxonalardagi ekologik vaziyat, noruda materiallardan foydalanish ahvoli, aniqlangan qonunbuzilish holatlari, oqova suvlarni tindirish boradagi ishlar talab darajasidami, qonun osti xujjatlar qay holatda, tadbirkorlar sohada qanday muammolarga duch kelmoqda? Shu kabi ayrim savollarga o‘z tavsiyalarini berishdi.

PQ-3286-son qaror bilan tuzilgan idoralararo ishchi guruxini qayta ko‘rib chiqish, daryo o‘zan tozalash ishlari, qo‘m shag‘al konlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shu bilan birgalikda daryo o‘zanlariga yaqin joylarda texnikalarning tartibsiz xarakati va chiqindilar tashilishini oldini olish maqsadida transport vositalarini to‘xtatib ko‘zdan kechirish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tashabbusi bilan Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Rohat qo‘li yaqinida tashkil etilgan Ekopostlarni tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatlar bo‘ylab ham joriy etish, idoralararo guruhlar faoliyatini jonlantirish, hududlarda ishchi guruhlar faoliyatini qayta tiklash kabi masalalar kelishib olindi.



 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources