Qizilqum davlat qo‘riqxonasiga tashrif
04.
07. 2020
22:42
5676
News

2020 yil 3 iyul kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov Buxoro viloyatiga xizmat safara doirasida Qizilqum davlat qo‘riqxonasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan qo‘riqxonalar, shu jumladan Qizilqum davlat qo‘riqxonasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi.

Tashrif doirasida Qizilqum davlat qo‘riqxonasi faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha chora - tadbirlar belgilab berildi.


 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Useful resources