Kuksu suv ombori yaqinida brokanerlarning noqonuniy faoliyati oldi olindi.
31.
01. 2019
18:01
6200
News

2019 yil 28 yanvarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi xodimlari tomonidan tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida "Madali" fuqarolar yig'inlari hududida joylashgan, "Mo'ynoq suv sanoati" davlat unitar korxonasi (DUK) tasarrufiga tegishli bo’lgan, Kuksu suv ombori baliq ovlash tarmog'i hududida noqonuniy ravishda baliq ovlagan shaxslar (10) qo'lga olingan.

Hibsga olish jarayonida brokonerlarda 10 kg tolstolob va 130 kg oq amur balig’i borligi aniqlangan.

Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hisobi 303 507 083 so’mni tashkil etadi.

Ko’rsatilgan qoidabuzarlik bo’yicha, hujjatlar prokratura organi hodimlariga topshirilgan.

 

 

 

 

 

Useful resources