Toshkent shahri. Istiqlol va Amir Temur ko‘chalari orasidagi hududda kesilgan daraxt yuzasidan
25.
11. 2020
19:24
5348
Yangiliklar

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 2020 yil 25 noyabr kuni poytaxtimizning Istiqlol va Amir Temur ko‘chalari orasidagi hududda noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Davlat xizmatlari agentligi orqali Istiqlol va Amir Temur ko‘chalari orasidagi hududda qurigan daraxt bo‘yicha murojaat kelib tushgandan so‘ng, mazkur daraxt 5 noyabr kuni joyiga chiqib o‘rganilgan va quriganligi aniqlangan.

Daraxt tabiiy omillar ta’sirida kasallanib, quriganligi bois, 3 kun oldin Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda sanitar kesish amalga oshirilgan.

Shu bilan birga 2020 yil 24 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Obodonlashtirish boshqarmasiga takdimnoma kiritildi. Unga asosan qurigan hamda kasallangan daraxtlarni kesish jarayonida ekologiya inspektorlarini xabardor qilish masalasi qo‘yilgan.

Shu bilan birga Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan daraxtlarning qurishi va zararlanishining oldini olish maqsadida Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzurida o‘simliklarni himoya qilish tuzilmasini tashkil kilish bo‘yicha Toshkent shahar boshqarmasi Xalq deputatlari kengashiga taklif kiritilgan bo‘lib, mazkur taklif Kengash qarori bilan ma’qullangan edi. Hozirda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga kiritilgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar