Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo konferentsiyasining yuqori darajadagi tadbirida nutq so‘zladi
27.
07. 2021
16:37
4304
Yangiliklar

Joriy yil 27 iyul kuni Dushanbe shahrida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I. Boqijonov iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo konferentsiyasining yuqori darajadagi tadbirida nutq so‘zladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) rahbariyatini tashkilot tashkil etilganligining 20 yilligi bilan tabriklab, mintaqaviy aloqalarni o‘rnatishda, atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslari, shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish va unga moslashish borasidagi tashabbuslarni amalga oshirishda MOMEMning ahamiyati muhimligini ta’kidladi.

I. Bokijonov o‘z nutqida konferentsiya ishtirokchilarining e’tiborini Amudaryo deltasida suv ekotizimlarini tiklash, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish bilan bog‘liq muammolarni hal etish va Orolbo‘yi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan olib borilayotgan ekologik islohotlarga qaratdi.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘llab-quvvatlagan tashabbus bilan qabul qilingan BMT Bosh assambleyasining "Orolbo‘yi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" maxsus rezolyutsiyasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Nutq so‘nggida atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni ta’minlash sohasida o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga umid bildirdi va MOMEM bilan hamkorlikni kengaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar