Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi BMT Atrof-muhit assambleyasining beshinchi sessiyasida ishtirok etdi
28.
02. 2022
17:03
1600
Tadbirlar

Shu kunlarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP)ning Keniya poytaxti Nayrobi shahrida joylashgan shtab-kvartirasida BMT Atrof-muhit assambleyasining beshinchi sessiyasi (UNEA–5.2) bo‘lib o‘tmoqda.

2022 yil 28 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov ushbu sessiyada onlayn tarzda qatnashdi va ma’ruza qildi.

Ma’lumot uchun: BMT Atrof-muhit assambleyasi 2012 yilda Boshqaruv kengashi o‘rniga tashkil etilgan BMT Atrof-muhit bo‘yicha dasturining boshqaruv organi hisoblanadi. Hozirda u 193 ta a’zoga ega va har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

UNEA–5.2 sessiyasi joriy yilning 2 martgacha davom etadi, 3–4 mart kunlari esa Assambleyaning 1972 yilda BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi tashkil etilganining 50 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan Maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar