Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan hosil bo‘lgan chiqindi suvlarning oqizilayotganligi to‘g‘risidagi video lavha yuzasidan
04.
05. 2020
14:10
5275
Yangiliklar

2020 yil 2 may kuni internet tarmog‘i orqali Farg‘ona viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanaliga «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan» (FNQIZ) hosil bo‘lgan chiqindi suvlarning oqizilayotganligi to‘g‘risidagi video lavha va murojaat O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Janubiy Farg‘ona kanalining Toshloq tumani hududi FNQIZ orqa tomonidan oqib o‘tuvchi qismida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida FNQIZdan hech qanday neft mahsulotlari kanalga oqizilmaganligi kuzatildi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida kanalning boshlang‘ich, o‘rta va quyi qismilaridan tahlil uchun namunalar olindi. Shuningdek, ushbu hududda dehqonchilik faoliyatini olib borayotgan «Donaxon» fermer xo‘jaligi rahbari bilan olib borilgan suhbat jarayonida qarib 3-4 yildan beri kanal suvida neft muhsuloti oqmayotganligini aytib o‘tdi.

Shuningdek Bobodehqon ko‘chasida yashovchi fuqaro Lutfullo ham kanalda xech qanday neft mahsuloti oqmaganligini tasdiqladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayni vaqtda mazkur korxonaning 15% qismi faoliyat yuritmoqda.

Hozirda mazkur masala nazoratga olingan bo‘lib, yakuniy ma’lumot korxona tekshirilgandan hamda tahlil natijalari ma’lum bo‘lgandan so‘ng qo‘shimcha ravishda habar qilinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar