Qoraqalpog‘iston: Hayvonot dunyosiga 38 mln 489,8 ming so‘mlik zarar
15.
05. 2020
16:36
6142
Ekanadzor

Brakonerlikka qarshi kurashish oyi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan reyd tabdiri natijasida Taxtakopir tuman hududidagi Janaqazg‘an kollektori atrofidagi tabiiy ko‘llarda noqonuniy ravishda Beruniy tumani fuqarolari X.A, U.A, J.P. va U.R.lar tomonidan 74 dona zag‘orabaliq, 1 dona oq sla, 1 dona tovonbaliq, 1 dona oqqayroq ovlanganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha tabiatga yetkazilgan zarar 38 489 800 so‘mni tashkil etdi, barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar