5-noyabr.Butunjahon sunamidan ogoh bo'lish kuni
15.
01. 2019
15:11
10510
Tadbirlar

    Butunjahon sunamidan ogoh bo’lish kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi (A / RES / 70/203) qaroriga binoan 2015-yil dekabr oyida Yaponiya vakillari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Seysmik mintaqada joylashgan bu mamlakat, sunami oqibatlarini bartaraf etish va oldini olish borasida salmoqli tajriba to'plagan.

         Shu kunni tashkil etishda BMT bir qancha maqsadlarni ko'zlagan. Ulardan biri fuqarolar va hukumat vakillarining sunamiga o'xshash tabiiy ofat xususiyati haqida xabardorligini oshirishdir. Ikkinchisi esa tabiiy ofatning mumkin bo'lgan tahlikali va fojiali oqibatlarini bartaraf etish uchun amaliy qadamlarni ishlab chiqishdir. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha kelishuvga aloqador ushbu yo'nalish 2005-yilda BMTning 2004-yildagi dahshatli sunamidan keyin faol rivojlana boshladi.

Foydali manbalar