Maxsus chiqindi qutilarini binolar va inshootlar, savdo do‘konlari, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar oldida o‘rnatish lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ta’kidlangan.
Ushbu qarorda chiqindi qutilari majburiy ravishda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylar ro‘yxati keltirilgan. Qarorning 7-bandiga ko‘ra, hududlar, binolar va inshootlarning chiqindilar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus chiqindi qutilari o‘rnatilishi lozim.
Ta’kidlash kerakki, hududlarni sanitariya jihatidan tozalash ishlari hudud egalari (savdo do‘konlari yoki boshqa savdo nuqtalari, kichik chakana savdo va umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar) tomonidan amalga oshiriladi.
Chiqindi qutilarini o‘rnatmaslik va boshqa qonunbuzarliklar Davlat ekologiya inspektorlari tomonidan tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91prim 2-moddasiga asosan maʼmuriy jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.