Toshkent viloyatida inspektorlarning hayotiga tajovuz qilinganligi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
03.
05. 2024
11:36
744
Янгиликлар

Avvalroq Toshkent viloyati Sirdaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida reyd tadbirini o‘tkazayotgan Sirdaryo suv havzasi shoʻbasi inspektorlari hayotiga tajovuz qilingani haqida xabar bergandik.

Taqiqlangan qurollar yordamida baliq ovlayotgan brakonyerlar inspektorlar D. Zohidov va T. Bo‘riyevlarni suvga cho'ktirishga harakat qilib, keyin voqea joyidan qochib ketishgandi. Holat yuzasidan kerakli hujjatlar viloyat IIB va viloyat prokuraturasiga yuborilgandi. 

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasi ma'lumotiga ko‘ra, inspektor T. Bo'riyevning badanida "o‘ng va chap oyoq son orqa yuzalari yumshoq to'qimalari lat yeyishi, qontalashlar, o'ng qo'l kaft orqa yuzasi yumshoq to'qimalari lat yeyishi" kabi tan jarohatlari aniqlangan. 

Oqqo'rg'on tuman prokuraturasining xabar berishicha, holat yuzasidan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar I. L. va Yu.L. jinoyat ishida gumondor sifatida qo‘lga olindi. Ayni damda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Фойдали манбалар