Environmental control
  • About activities
  • Functions and duties
  • Services
  • Legislation

Faoliyat haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 3 oktyabrdagi PQ-3956-son Qaroriga muvofiq:

Davlat ekologiya qo‘mitasi tarkibidagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspektsiyasi negizida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi tashkil etildi.

Asosiy vazifalari va yo‘nalishlari

– Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosi, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarining mavjud bo‘lishi, turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

– chiqindilarni yig‘ish punktlarini tashkil etish, ularni o‘z vaqtida olib chiqish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etish;

– fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish.
 

Inspektsiya vazifalarini bajaradigan ish funktsiyalariga ko‘ra yo‘nalishlar

I. Atmosfera havosini muhofaza qilish;

II. Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari (o‘simlik, (o‘rmon ham), hayvonot (baliq ham), muhofaza etiladigan tabiiy hududlar);

III. Suv, yer resurslari va yer ost boyliklarini muhofaza qilish;

IV. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohalarida davlat ekologik nazoratini amalga oshirish.
 

Markaziy apparat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi bo‘limlarining asosiy vazifalari

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya

Hududiy inspektsiyalar
faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘limi

Xodimlar faoliyatini baholash
va ma’muriy amaliyot
bo‘limi

vazifalari:

hududiy inspektsiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish natijalarini tahlil qilish, faoliyat samaradorligini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

hududiy inspektsiyalar faoliyatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;

reyd tartibidagi ekologik nazorat ishlariga metodik ko‘maklashish, tegishli hisobotlar, ma’lumotlarni talab etish;

hududlarda va qonunbuzarlik natijasida belgilangan jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar summalarini hisoblanishini va undirilishini nazorat qilish.

vazifalari:

yuridik va jismoniy shaxslarni ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlarni ma’muriy javobgarlikka tortish jarayoni to‘g‘ri qo‘llanilishi, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yuritilishini nazorat qilish;

hududiy inspektsiya hodimlarining sohaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va uni oldini olish faoliyati samaradorligini baholash;

jarimalar va atrof-muhitga yetkaziladigan zarar summalarilarini undirilishini nazorat qilish;

huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va profilaktika tadbirlarida ko‘maklashish.

 

Qonunchilik

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibidagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.

Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda qo‘llaniladigan asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar:
 

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari

Sana, raqam

«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»

717-I-son, 24.12.1998 y.

«Ekologik nazorat to‘g‘risida»

O‘RQ-363-son,  27.12.2013 y.

«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»

№ 754-XII-son, 9 dekabrya 1992 y.

«Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»

353-I-son, 27.12.1996 y.

«O‘rmon to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

O‘RQ-475-son, 16.04.2018 y.;

«O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»

O‘RQ-409-son,  21.09.2016 y.;

«Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

O‘RQ-408-son, 19.09.2016 y.;

«Chiqindilar to‘g‘risida»

362-II-son, 05.04.2002 y.

«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»

710-II-son, 03.12.2004 y.;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari

«Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»

PQ-5490-son, 27.07.2018 y.;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

«Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»

920-son, 07.11.2018 y.;

«Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»

820-son, 11.10.2018 y.;

«O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 

29-son, 15.01.2019 y.;


Yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligi

O‘zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq XI bo‘limda ekologik qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.

47-modda. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik

Tubandagi hollarda:

– tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa ob’ektlarni rejalashtirish, qurish, rekonstruktsiyalash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chog‘ida, ekologiya nuqtai nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qo‘yilgan ekologiya sig‘imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda;

– tabiiy boyliklardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda;

– tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan to‘lovni, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lashdan bosh tortganlikda;

– tabiatni muhofaza qilish ob’ektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda;

– atrof tabiiy muhitni tiklash, unga bo‘ladigan zararli ta’sir oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini ko‘rmaganlikda;

– tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning ko‘rsatmalarini bajarmaganlikda;

– tabiatni muhofaza qilish ob’ektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy rejimini buzganlikda;

– atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirni hisobga olish qoidalarini buzganlikda;

– chiqindilarni, kimyolashtirish vositalarini, shuningdek radioaktiv va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va ko‘mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda;

– atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning ob’ektlarga borishiga, ayrim shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa o‘z huquq va vazifalarini ro‘yobga chiqarishlariga to‘sqinlik qilganlikda;

– atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan foydalanish to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga binoan intizomiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortiladilar.


48-modda. Atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan ob’ektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish, tugatish va o‘zgartirish

Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’ektlarning inson salomatligiga yoki yashash sharoitiga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’sir etgan yoki bunday ta’sir etish xavfi tug‘ilgan taqdirda ularning faoliyati cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, zararli ta’sir etish sabablarini bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda esa tugatilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.

Bunday ob’ektlarning faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish, tugatish yoki o‘zgartirish hamda ayni vaqtda ularni pul bilan ta’minlashni to‘xtatish xususidagi qarorlarni davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, o‘z vakolatlariga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari chiqaradilar. Ko‘rsatilgan choralar tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno.


49-modda. Tabiatni muhofaza qilish qonunlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati

Atrof tabiiy muhitga zarar yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar yetkazgan zararni, shu jumladan boy berilgan foyda o‘rnini qonunlarga muvofiq qoplashlari shart.

Ekologiya talablarini buzganlikda ayblanayotganlarning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi ularni atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.


50-modda. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Tabiatdan maxsus ravishda foydalanishni oqilona amalga oshirmaganlik, atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni, chiqindilarni joylashtirishni normativ va limitlarda belgilanganidan ko‘paytirib yuborganlik uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq oshirilgan soliq solinishi kerak.

Tegishli hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining qaroriga muvofiq aytib o‘tilgan qoidabuzarliklarning sabablariga barham berilgunga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatini pul bilan ta’minlash to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Ko‘rsatilgan chora tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno.


51-modda. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzish oqibatida zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlarning javobgarligi

Korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xo‘jaligiga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan chiqimdor bo‘lishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan moddiy javobgar bo‘ladilar.


52-modda. Ekologiya nuqtai nazaridan zararli faoliyatni to‘xtatish xususidagi da’vo talablari

Yuridik va jismoniy shaxslar atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xo‘jaligiga ziyon yetkazayotgan ekologiya jihatidan zararli faoliyatni to‘xtatish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilishga haqlidirlar.

Sudning ekologiya nuqtai nazaridan zararli faoliyatni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori aytib o‘tilgan faoliyatni pul bilan ta’minlashni to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.

  • Map
  • Protected natural areas
  • Open data
  • Contacts

2020 yilning 9 oyi davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi  nazorat bo‘yicha inspektsiyasining faoliyati to‘g‘risida tahliliy
MA’LUMOT
 

Amalga oshirilgan targ‘ibot ishlari

Uchrashuv va seminarlar soni:

Mahalla fuqarolar yig‘ini – 2034 ta
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – 1138 ta
Boshqa tashkilotlar – 1190 ta

Berilgan ko‘rsatma va ogohlantirishlar soni:

Obodonlashtirish boshqarmalari – 297 ta
Mahalla fuqarolar yig‘ini – 2519 ta
Boshqa tashkilotlar – 1195 ta


O‘rnatilgan bannerlar – 118 ta
Kichik hajmda o‘rnatilgan ogohlantirish e’lonlari (tablichkalar) – 2868 ta

OAVdagi chiqishlar, shundan:
Televidenie – 43 ta;
Radio – 98 ta; 
Ijtimoiy tarmoqlarda (facebook, telegram va h.k.) – 405 ta;
Gazeta va jurnallarda – 68 ta;

 

Natijalar

O‘tkazilgan davlat ekologik nazorati natijalariga ko‘ra 2020 yilning 9 oy davomida  respublika miqyosida 37 543 ta (2019 yil 9 oy davrida 23 284 ta) qonunbuzarlik holatlari aniqlangan (shundan 618 nafari mansabdor shaxs).

Huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan jarima 16 800 mln. so‘m  
(2019 yil 9 oy davrida  8 445 mln.so‘m).

Tabiatga yetkazilgan zarar 15 133 mln. so‘m
(2019 yil 9 oy davrida 5 847 mln. so‘m).

1457 ta holat bo‘yicha 11 788 mln. so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar tegishli organlarga (sud, prokuratura, MIB, IIB) kiritildi.

60 mingdan ortiq korxona va fuqarolarga sohaga oid profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan.

22 ta holat bo‘yicha 8 810 mln. so‘mlik (Xorazm - 3, Qashqadaryo - 2, Buxoro - 5, Samarqand - 3, Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 2, Toshkent shahar - 7) da’vo ishlar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

2020 yil boshidan huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan jami mahsulot va ov qurollari

• Hayvonlar, parrandalar – 337 bosh
• Baliq – 1380,4 kg
• Ov quroli va aslaha – 186 dona
• To‘rlar – 1290 ta
• Elektr qarmoqlar – 46 dona
• Elektr arra, bolta va boshqa inventar – 141 ta
• O‘tin – 884,7 m³

 

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni nazorat qilish

Aniqlangan huquqbuzarlik – 20 605 ta / (2019 yil 9 oy davrida 10 181 ta)

Belgilangan jarima – 3 950 mln.so‘m / (2019 yil 9 oy davrida 2 000 mln. so‘m)

17 957  ta holat bo‘yicha – 2 774 mln.so‘m jarima undirilgan.

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni nazorat qilish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar soni 2019 yilning 9 oylik davriga nisbatan 10 424 taga yoki 202 foizga ortgan, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan jarimalar summasi – 1 950 mln. so‘mga yoki 197,5 foizga ortgan.

 

Suv ob’ektlarini muhofaza qilish

Aniqlangan huquqbuzarlik – 1 252 ta / (2019 yil 9 oy davrida  913 ta)

Belgilangan jarima – 1 099 mln.so‘m / (2019 yil 9 oy davrida  696,3 mln.so‘m)

955 ta holat bo‘yicha 680,4 mln.so‘m jarima undirilgan.

Suv ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida aniqlangan qonunbuzarliklar soni 2019 yil 9 oylik davriga nisbatan 339 taga yoki 137 foizga ortgan, qonunbuzarlarga nisbatan belgilangan jarimalar summasi – 402,7 mln. so‘mga yoki 157 foizga ortgan.

 

Er va yer osti boyliklarini  muhofaza qilish

Aniqlangan huquqbuzarlik – 3 205 ta / (2019 yil 9 oy davrida 3 190 ta)

Belgilangan jarima – 5 140 mln.so‘m / (2019 yil 9 oy davrida 2 957 mln.so‘m)

2 857 ta holat bo‘yicha 3 219 mln.so‘m jarima undirilgan.

Er va yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar soni 2019 yilning 9 oylik davriga nisbatan 15 taga yoki 4 foizga ortgan, qonunbuzarlarga nisbatan belgilangan jarimalar summasi – 2 183 mln. so‘mga yoki 173 foizga ortgan, belgilangan zarar bo‘yicha da’vo summasi o‘zgarmagan.

 

Atmosfera havosini muhofaza qilish

2020: Aniqlangan huquqbuzarlik – 7 991 ta; Belgilangan jarima – 1 938 mln.so‘m;

2019: Aniqlangan huquqbuzarlik – 4 980 ta; Belgilangan jarima – 1 319 mln.so‘m;

Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar soni 2019 yilning 9 oylik davriga nisbatan 3 011 taga yoki 160 foizga ortgan, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan jarimalar summasi – 619 mln. so‘mga yoki 147 foizga ortgan.

 

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish

Aniqlangan huquqbuzarlik – 3 572 ta /(2019 yil 9 oy davrida 3 274 ta)

Belgilangan jarima – 3 756 mln.so‘m / (2019 yil 9 oy davrida  1 190  mln. so‘m)

2 982 ta holat bo‘yicha 2 393 mln. so‘m jarima undirilgan.

O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 2 288 ta / (2019 yil 9 oy davrida  1 923 ta)

Da’vo 13 338 mln. so‘m / (2019 yil 9 oy davrida  4 222 mln. so‘m)

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar soni 2019 yilning 9 oylik davriga nisbatan 109 foizga ortgan, belgilangan jarima summasi 2 566 mln.so‘mga yoki 315 foizga ortgan, belgilangan zarar summasi 9 116 mln.so‘mga yoki 316 foizga ortgan.

 

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari (2020 yil 9 oy davrida)

Aniqlangan huquqbuzarlik – 918 ta / (2019 yil 9 oy davrida 753 ta)

Belgilangan jarima – 915,1 mln.so‘m / (2019 yiln 9 oy davrida 289,6 mln.so‘m)

Zarar – 1372,1 mln.so‘m / (2019 yilning shu davrida 931,8 mln.so‘m)

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasida o‘tgan yilga nisbatan aniqlangan huquqbuzarliklar 21 foizga, belgilangan jarimalar summasi – 625,5 mln so‘mga yoki 315 foizga ortgan, belgilangan zarar summasi 440,3 mln so‘mga yoki 147 foizga ortgan.

 

Baliqlarni noqonuniy ovlanishi

Aniqlangan huquqbuzarlik – 658 ta / (2019 yil 9 oy davrida 571 ta)

Belgilangan jarima – 639,2 mln.so‘m / (2019 yil 9 oy davrida 220,3 mln.so‘m)

Zarar – 1 167,6 mln.so‘m / (2019 yil 9 oy davrida 728 mln.so‘m)

Shundan:
Hayvonlarni noqonuniy ovlanishi

Aniqlangan huquqbuzarlik – 260 ta / (2019 yil 9 oy davrida 184 ta)

Belgilangan jarima – 275,9 mln.so‘m / (2019 yil 9 oy davrida 67,2 mln.so‘m)

Zarar – 204,5 mln.so‘m / (2019 yil 9 oy davrida 203,5 mln.so‘m)

 

 

 

Ekologiya va atrof–muhitni muhofaza qilish sohasidasi nazorat bo‘yicha inspektsiya
MARKAZIY APPARAT

Inspektsiya boshlig‘i

Tagaev Ikrom Komiljonovich

(+988) 712 070 770
(ichki raqam 4444#)

E-mail: 
inspeksiya[at]uznature.uz 

Inspektsiya boshlig‘i o‘rinbosari

Belikov
Aleksey Vladimirovich
(+988) 712 070 770
(ichki raqam 7778#)

Hududiy inspektsiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

Pirov
Xurshid Sobirjonovich

(+988) 712 070 770
(ichki raqam 7780#)

Xodimlar faoliyatini baholash va ma’muriy amaliyot bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

Kuvatov
Farxodjon Muradullaevich

(+988) 712 070 770
(ichki raqam 7007#)