Ecological Certification
  • About activities
  • Functions and duties
  • Services
  • Legislation

Faoliyat haqida

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi (keyinchalik matnda – Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi 2915-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofazaqilish davlat qo‘mitasi qaror va farmoyishlari, Ustav va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining 1995 yil 22 dekabrdagi 188-i-sonli qaroriga muvofiq (1996 yil 7 mayda kuchga kirgan) O‘zbekiston Respublikasi xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konventsiyasigaqo‘shilgan.

Konventsiya talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 apreldagi 151-sonli "Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida " gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 7 apreldagi 1670-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Evro 2” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik Yo‘riqnoma” asosida muvofiqlik tug‘risidagi ekologik sertifikat DUK “Davekosertifikat” tomonidan beriladi. (Izoh: “Evro-3” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablari 2010 yildan joriy qilingan).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi 5863-sonli "2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida " gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2020 yil 30 yanvardagi 50-sonli "G‘ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" gi qarori loyihasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi 4059-sonli "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi 95-sonli "Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida" gi qarori tasdiqlandi.

Mahsulot va xizmatlarni ekologik sertifikatlashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining 1997 yil 31 oktyabrdagi 54-sonli qarori bilan tashkil yetildi.

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2002 yil 31 oktyabrdagi 10/4-sonli va 2002 yil 13 noyabrdagi 72-sonli "davlat yekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va tartibga solish Bosh boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida" gi qaroriga muvofiq mahsulot va xizmatlarni ekologik sertifikatlashtirish markazi davlat yekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va tartibga solish bo‘yicha boo‘ davlat boshqarmasi sifatida qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 oktyabrdagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-3956-sonli qaroriga muvofiq, Ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va normallashtirish Bosh Davlat boshqarmasi Ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish davlat markazi deb qayta nomlandi.

Ekologik sertifikat – bu ekologik sertifikatlashtirish organi tomonidan tabiiy resurslardan foydalanuvchiga beriladigan hujjat bo‘lib, u mahsulotning ekologik jihatdan xavfsiz ekanligini va ekologik sertifikatlashtirish ob’ekti amaldagi me’yoriy hujjatlar yoki normativ-huquqiy hujjatlarning talablari va me’yorlariga javob berishini ko‘rsatadi.
 

Markazning 2016-2019 yillardagi faoliyati:

– 2016 yilda 3866 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 1531 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 2335 tasi esa ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

– 2017 yilda 3558 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 2056 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 1502 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

– 2018 yilda 5558 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 3796 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 1757 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

– 2019 yilda 5492 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 4208 tasi majburiy sertifikatlashtirish va 1284 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Akkreditatsiya markazi" DUK mutaxassislari tomonidan "Gosekosertifikat" DUK sinov laboratoriyasini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlari ko‘rib chiqildi. Xalqaro O'z DSt ISO/IEC 17025: 2007 standarti talablariga muvofiqligi sababli sinov laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tkazilib, UZ-TK TL.0013 raqamli guvohnomaga ega buldi. 
                      
Ekologik menedjment tizimini takomillashtirish maqsadida Markaz xalqaro tajribani o‘rganish va ISO 14001 standartiga muvofiqligi bo‘yicha ekologik menedjment  organi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun to‘liq hujjatlar to‘plamini tayyorlash bo‘yicha Qo‘mitaning ikkinchi yarim yillik ish rejasiga kiritilgan.

 

Markaz faoliyatining asosiy maqsadi va faoliyat turi

Markaz faoliyatining asosiy maqsadi Respublikada ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash (markirovkalash) sohasida yagona siyosatini joriy etish, amalga oshirish va bu tizim bo‘yicha tashkiliy-metodik ishlarga rahbarlik qilish, muassisning topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek ushbu ustavda ko‘rsatilgan boshqa ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish hisoblanadi.

Markaz o‘z maqsadlariga muvofiq quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

Ekologik sertifikatlashtirish bo‘yicha:

– atrof – muhit va aholi salomatligiga zarar yetkazmagan holda faoliyat yuritishning eng samarali va xavfsiz yo‘nalishlarini belgilash maqsadida tabiiy ob’ektlarni zararlanish darajasi, sifati va holatini baholash orqali ekologik sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;

– odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol – mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlarni belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligini tasdiqlash;

– chiqindilar va chiqindi bilan bog‘liq ishlarni ekologik normativlarga muvofiqligini, ularni hosil bo‘lishi va bartaraf etilishi jarayonida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek atrof – muhitga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli ta’sirlarni aniqlash maqsadida ekologik sertifikatlashdan o‘tkazish;

– ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining ekologik talablarga muvofiqligini baholash;

– xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan texnika va texnologiyalarni qo‘llashda standartlar va ekologik normativlarga rioya etilishini aniqlash va ko‘rsatilayotgan ishlar hamda xizmatlarni ekologik sertifikatlashtirish;

– yangi avtotransport vositalarining “Evro” ekologik darajasini aniqlash va talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish;

– yangi avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasida belgilangan “Evro” ekologik darajasi talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda, bu to‘g‘rida tegishli xulosa berish;

– ekologik menejment tizimini ISO 14000 (14001) xalqaro standart talablariga muvofiqligini sertifikatsiya qilishni yo‘lga qo‘yish;

– ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida respublika hududida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, ko‘rsatiladigan xizmatlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash tizimini joriy etish;

– mahsulotlarni ekologik talab asosida sertifikatlashtirishda ularning o‘z xususiyati (me’yor, ko‘rsatkich)lariga mosligini akkreditlangan sinov laboratoriyalarining bergan xulosalariga ko‘ra aniqlash;

– “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan akkreditatsiya doirasida ishlarni olib borish va undan chetga chiqmaslik.
 

Ekologik standartlashtirish bo‘yicha:

– respublikada aholi salomatligi va atrof – muhitni muhofaza qilishga oid jahon andozalariga mos me’yorlarni ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish;

– ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi standartlarni ishlab chiqish, ISO xalqaro standartlarini korxona va tashkilotlarda joriy etish va sertifikatlashtirishni yo‘lga qo‘yish, tegishli takliflarni berish va nazorat qilish;

– ekologik standartlarni Milliy standartlashtirish tizimi orqali Xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirishda qatnashish.
 

Ekologik me’yorlashtirish bo‘yicha:

– Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyat filiallari tomonidan atrof - muhitni ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirishning PDV, PDO, RSV, PDS, chegaraviy me’yorlari hujjatlarini ishlab chiqish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va viloyatlar ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga tasdiqlashga taqdim etish;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda atrof – muhitni ifloslantiruvchi manbalarning umumiy ro‘yxatidan foydalanish.
 

Sinov laboratoriyasida sinov ishlarini o‘tkazish bo‘yicha.

Markaz o‘zining akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– Respublika hududiga olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarni, xizmatlarni, respublika hududida ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish ishlarida;

– Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan o‘rnatilgan ekologik me’yorlarga muvofiq ish olib borilayotganligi bo‘yicha idoraviy nazorat ishlarida;

– Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ekologik xavfsizlik tamg‘asi bilan markirovkalash jarayonida tuproq, suv va havo tarkibini tahlil qilishda;

– Mahsulotlarda GMO, antibiotik mavjudligi tahlili jarayonlari sinov ishlarini o‘tkazadi.
 

Ekologik markirovkalash bo‘yicha:

– Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ekologik me’yorlarga muvofiqligi bo‘yicha ishlarni amalga oshirish hamda ekologik xavfsiz tamg‘asi bilan mahsulotlarni markirovklash.

– Ekologik xavfsiz mahsulotlarni markirovlashga taalluqli standartlarni ishlab chiqish, ISO xalqaro standartlarini respublikada joriy etish va markirovkalashni yo‘lga qo‘yish, tegishli takliflarni berish va nazorat qilish;
 

Markaz vazifasi va vakolatlari

Markazning vazifalari quyidagilardan iborat:

– ekologik sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan ob’ektlar nomenklaturasini ishlab chiqish va zarurat yuzaga kelganda ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritib borish;

– ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash (markirovkalash)ga oid normativ hujjatlar bazasini shakllantirish va doimiy ravishda takomillashtirib borish;

– ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash (markirovkalash)ga oid faoliyatni to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash hamda tashkiliy - metodik hujjatlarni ishlab chiqish;

– ekologik sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirishda akkreditlangan sinov laboratoriyalarining bergan ma’lumot va natijalariga tayangan holda ekologik xavfsizlikning me’yor va ko‘rsatkichlariga doimiy rioya etilishini ta’minlash;

– ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish sohasida ekspert – auditor kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish, akkreditatsiya doirasida ularni attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish;

– ekologik sertifikatlar reestrini yuritish;

– filial va uning Ekologik sertifikatlashtirish organlarini ekologik sertifikat blankalari bilan markazlashtirilgan holda ta’minlash;

– ekologik sertifikatlashtirish ishlarining to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda “Ichki audit” o‘tkazish va uning natijalariga ko‘ra kamchiliklarni bartaraf etish;

– ekologik sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha xavfsizlik ko‘rsatkichlarini to‘liq qamrab olinishini ta’minlash;

– ekologik sertifikatlashtirish ishtirokchilari bo‘lgan va boshqa manfaatdor shaxslarni ekologik sertifikatlashtirishga oid ma’lumot va axborot bilan ta’minlash;

– ekologik sertifikatlarni rasmiylashtirishda akkreditlangan sinov laboratoriyalarining sinov natijalari va ekspert – auditorlar xulosalariga tayangan holda ekologik sertifikatlar va xulosalarni rasmiylashtirish;

– ekologik sertifikatlashtirish natijalarining haqkoniyligini ta’minlash;

– ekologik sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi va natijalariga ko‘ra taqdim etilgan apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
 

Markaz quyidagi vakolatlarga ega:

– o‘z vakolati doirasida vazirlik, qo‘mita, idora va tashkilotlarning tegishli tuzilmalaridan ish faoliyati uchun kerak bo‘lgan ma’lumot va axborotlarni olish;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar filiallarining faoliyatini nazorat qilish va amaliy – metodik yordam ko‘rsatib borish;

– muassis bilan kelishilgan holda ekologik sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun narxlar va tariflarni belgilash;

– ekologik sertifikatlashtirish masalasida qilingan murojaat va arizalarni qabul qilish hamda o‘rganib chiqish;

– murojaatlarni o‘rganish natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish;

– har bir aniq holatda analitik – sinov laboratoriyasini tanlash, namunalarni olish, sinov o‘tkazish hamda ishlab chiqarishni nazorat qilish tartibini belgilash;

– ekologik sertifikatlashtirish organiga berilgan vakolatlar doirasida tegishli ob’ektlarni ekologik sertifikatsiyadan o‘tkazish va ekologik sertifikatlar taqdim etish;

– arizachiga taqdim etilgan ekologik sertifikatlarni amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish;

– ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni O‘zbekiston Respubkasiga olib kirish va ularni uning xududidan olib chiqishda, O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan “Evro” ekologik darajadan kam bo‘lmagan yangi avtotransport vositalarini olib kirish va olib chiqishda, mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini va xizmat (ish)larni ekologik sertifikatlashtirishda ularning ekologik sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalari talablariga javob bermasligi aniqlanganda murojaat etuvchi shaxs yoki korxonalarga ekologik sertifikat berish yuzasidan rad javobini berish;

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 19 apreldagi “Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning xududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 151-sonli qarori asosida ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning xududidan olib chiqishni tartibga solishni ekologik sertifikatlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 7 aprelda ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Evro 2” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik Yo‘riqnoma” asosida ekologik sertifikatlashtirishni “Davekosertifikat” DUK tomonidan amalga oshirish.

– Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarga ekologik sertifikatlar hamda barcha toifadagi avtotransport vositalariga xulosalarni Markaz tomonidan berish;

– o‘tkazilgan ekologik sertifikatlashtirish ishlari natijalari to‘g‘risida va ekologik sertifikatlashtirish talablari bajarilmaganligi sabablari haqida “O‘zstandart” agentligiga tegishli ma’lumotlarni taqdim etib borish;

– o‘tkazilgan ekologik sertifikatlashtirish natijalari yuzasidan amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida inspektsion nazorat o‘tkazish;

– filiallarga o‘zlari faoliyat yuritadigan hududda ekologik sertifikatlashtirish organi shaklida akkreditatsiyadan o‘tishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;

– ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish hamda ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash bo‘yicha bahsli masalalar va nizolarni hal etishda sud organlarida da’vogar yoki javobgar sifatida qatnashish;

– o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar hamda murojaat etuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning tijorat sirlarini oshkor etmaslik;

– ekologik menejment tizimi ISO xalqaro standartlarni joriy etish maqsadida Ekologik menejment Idorasini tashkil etish va o‘rnatilgan tartib asosida akkreditatsiyadan o‘tkazish;

– ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish hamda ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash bo‘yicha faoliyat yurituvchi bo‘lim tashkil etish va uni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash;

– ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash, ekologik menejment tizimi ishlarini rivojlantirish maqsadida fuqaroviy – huquqiy kelishuvlar asosida chetdan ekspert – auditor va malakali mutaxassislarni jalb etish hamda ularning mehnatiga haq to‘lash;

– Markaz xodimlari va mutaxassislarini doimiy malakasini oshirib borish maqsadida o‘qishlar tashkil etish, o‘z faoliyatiga taaluqli masalalar yuzasidan anjuman va seminarlar o‘tkazish;

– ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashning afzalliklari, erishilgan yutuqlar va kutilayotgan natijalar to‘g‘risida radio, televidenie va matbuotlarda chiqishlar qilish;

– ekologik sertifikatlashtirish masalasi bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish, ushbu masalaga oid xalqaro tizim va kelishuvlarga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.

 

 

 

 

 

 

 

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar

Me’yoriy-huquqiy hujjat

Rasmiylashtirish shakli

Mas’ul boshqarma

1 O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikat

Vaqtinchalik yo‘riqnomani №1670, 07.04.2007y.

 "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi DUK "Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi"
2 Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va ularni uning xududidan olib chiqishga ekologik sertifikat Vazirlar Mahkamasining qarori №151, 19.04.2000y. "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi

Qonunlar

1. O‘zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonuni 1992 yil 9 dekabr, № 754-XII
2. O‘zbekiston Respublikasining "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonuni 1996 yil 27 dekabr, № 353-I
3. O‘zbekiston Respublikasining "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida"gi qonuni 1993 yil 28 dekabr, № 1006-XII
4. O‘zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to‘g‘risida" gi qonuni 1993 yil 28 dekabr, № 1002-XII
5. O‘zbekiston Respublikasining "Chiqindilar to‘g‘risida"gi qonuni 2002 yil 5 aprel, № 362-II
6. O‘zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi qonuni 2009 yil 23 aprel, № O‘RQ-213
7. O‘zbekiston Respublikasining "Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida"gi qonuni 2013 yil 04 oktyabr, № O‘RQ-354


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karorlar

1. “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida” 2000 yil 19 aprel, 151-son
2. “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004 yil 06 iyul, 318-son
3. "O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy yetish to‘g‘risida" 2019 yil 27 may, 435-son
4. “G‘ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020 yil 30 yanvar, 50-son
5. “Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”  2020 yil 18 fevral, 95-son

 

1. O‘zbekiston Standartlashtirish, Metrologiya va Sertifikatlashtirish Agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni Muhofaza Qilish Davlat Qo‘mitasining qarori  “O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan «m2», «m3» va «n2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik yo‘riqnomani tasdiqlash xaqida”  2007 yil 7 aprel, 1670-son

 

 

  • Map
  • Protected natural areas
  • Open data
  • Contacts

Ochiq ma’lumotlar

– 2016 yilda 3866 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 1531 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 2335 tasi esa ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

– 2017 yilda 3558 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 2056 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 1502 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

– 2018 yilda 5558 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 3796 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 1757 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.

– 2019 yilda 5492 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 4208 tasi majburiy sertifikatlashtirish va 1284 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.
 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Akkreditatsiya markazi" DUK mutaxassislari tomonidan "Gosekosertifikat" DUK sinov laboratoriyasini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlari ko‘rib chiqildi. Xalqaro O'z DSt ISO/IEC 17025: 2007 standarti talablariga muvofiqligi sababli sinov laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tkazilib, UZ-TK TL.0013 raqamli guvohnomaga ega buldi. 
                      
Ekologik menedjment tizimini takomillashtirish maqsadida Markaz xalqaro tajribani o‘rganish va ISO 14001 standartiga muvofiqligi bo‘yicha ekologik menedjment  organi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun to‘liq hujjatlar to‘plamini tayyorlash bo‘yicha Qo‘mitaning ikkinchi yarim yillik ish rejasiga kiritilgan.
 

Open Data

Davlat ekologiya sertifikatlashtirish sohasida xizmat turlarin raqamlashtirish

Open Data

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 1 fevraldagi PQ-4145-sonli qarori bajarilishi to‘g‘risida

Open Data

Ihtiyoriy ekologik markirovkalash sohasida sinov laboratoriyani tashkil qilish yuzasidan loyiha

Open Data

O‘zbekiston Respublikasida ekologik sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha

Open Data

Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

«Davlat ekologik sertifikat markazi» DUK

Manzil: 100070, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 13A uy

Mo‘ljal: Grand Mir Hotel mexmonxona, Artishock restoran

Qabulxona:  +998 (71) 277-00-56

E-mail: ecosertif[at]uznature.uz

Ish vaqti: 9:00 - 18:00

Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00

Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba
 

Filiallar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali

Manzil: 230100, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Berdaq Guzari

Telefon: +998 (61) 224-19-51

E-mail: nukus[at]uznature.uz / rktabiat[at]exat.uz

 

Andijon viloyati filiali

Manzil: 710005, Andijon viloyati, Andijon shahri, Ko‘nchilik ko‘chasi, 75-uy

Mo‘ljal: Bozor "Soy jaxon". Avtomaktab

Telefon: +998 (74) 237–04-32

E-mail: andijon[at]uznature.uz

 

Buxoro viloyati filiali

Manzil: 705009, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sherbuddin ko‘chasi, 41 uy

Mo‘ljal: "Royal Xoll" mexmonxonasi

Telefon: +998 (65) 225-31-04

E-mail: ekosertifikat-buxara[at]mail.ru

 

Jizzax viloyati filiali

Manzil: 130116, Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh.Rashidov Shoh ko‘chasi, 72-uy

Mo‘ljal: Kinoteatr “VATAN”

Telefon: +998 (72) 222-26-22

E-mail: oybek.raxmatov[at]eco.gov.uz

 

Qashqadaryo viloyati filiali

Manzil: 180100, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Jayxun ko‘chasi, uy-raqamsiz

Mo‘ljal: Olimpiya kolledji

Telefon: +998 (75) 221-22-64

E-mail: sherzod.bekmamatov[at]eco.gov.uz

 

Navoiy viloyati filiali

Manzil: 210100, Navoiy shahri, M.M.Farobiy ko‘chasi, 136 uy

Mo‘ljal: Viloyat Prokuraturasi

Telefon: +998 (71) 207-07-70

E-mail: navoiy[at]uznature.uz

 

Namangan viloyati filiali

Manzil: 716008, Namangan viloyati, Namangan shahri, Xiva ko‘chasi, 1-uy

Mo‘ljal: "Olimpus" fotostudiya

Telefon: +998 (69) 233-08-89

E-mail: namecosert[at]uznature.uz

 

Samarqand viloyati filiali

Manzil: 140131, Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasi, 27-uy

Mo‘ljal: Restoran "Oltin Samarkand"

Telefon: +998 (66) 229-38-87

E-mail: samecosertifikat[at]mail.ru

 

Surxondaryo viloyati filiali

Manzil: 190104, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, A.Temur ko‘chasi, 69-uy

Mo‘ljal: "Viloyat xokimiyati" mexmonxonasi

Telefon: +998 (76) 221-43-49

E-mail: shuxrat.sadatov[at]eco.gov.uz

 

Sirdaryo viloyati filiali

Manzil: 707000, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Nosir Maxmudov ko‘chasi, 10-uy

Mo‘ljal: Jinoyat ishlar bo‘yicha sud

Telefon: +998 (67) 225-16-88

E-mail: sirdarvo[at]uznature.uz

 

Farg‘ona viloyati filiali

Manzil: 150100, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 39/4 uy

Mo‘ljal: Glavpochtampt

Telefon: +998 (73) 244-43-59

E-mail: farecosertif[at]inbox.ru

 

Xorazm viloyati filiali

Manzil: 740009, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yoshlik ko‘chasi, 1-uy

Mo‘ljal: Urgench temir yo‘l stantsiyasi

Telefon: +998 (62) 224-14-90

E-mail: xorazm[at]uznature.uz