To‘dako‘l, Quyimozor Ramsar ro‘yxatiga kiritildi
17.
09. 2020
10:21
7413
News

O‘zbekiston Kuymazar va Tudakul suv omborlarini o‘zining uchinchi xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq joylar ro‘yhatiga kiritdi (Ramsar konventsiyasi).

Ma’lumot uchun: 1971 yil 2 fevral kuni Eronning Ramsar shahrida xalqaro hamjamiyat tomonidan suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan suv-botqoqli hududlarni muhofaza qilish maqsadida xalqaro ahamiyatga ega hududlar to‘g‘risida xalqaro konventsiya qabul qilingan. Mazkur konventsiyaga bir yuz yetmishdan ko‘proq davlat, jumladan, O‘zbekiston ham a’zo bo‘lgan.

O‘zbekiston 2001 yil ushbu Konventsiyaga qo‘shilgan buo‘lib, respublikamizdagi Dengizko‘l va Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi Ramsar ro‘yxatiga kirdi.

Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasi Janubi-g‘arbiy Qizilkum cho‘lida joylashgan ushbu ikki suv ombori Markaziy Osiyoning «chul va qurg‘oqchilikka chidamli butazorlar» biojug‘rofiy hududi bo‘lib xizmat qiladi.

Umumiy maydoni 32 ga tashkil etadigan mazkur hudud Markaziy Osiyodan uchib o‘tuvchi kushlar uchun to‘htash joyi (qo‘nalg‘a) bo‘lib xizmat qilishi va to‘qay o‘simliklarini rivojlantirish joyi sifatida katta ahamiyatga ega. Ohirgi besh yil ichida o‘ztkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili ushbu hududga 229 xil 40 mingdan ortiq kushlar uchib keladi. Ular orasida yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan oq boshli o‘rdak (Oxyura leucocephala) ro‘yhatga olingan bo‘lib, mazkur tur populyatsiyasining 1 foizi Kuymazar va Tudakul suv omborlarida qishlaydi.

Shuningdek ushbu hududlarda hozirda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan Jayron (Gazella subgutturosa) va Amudaryo katta kurakburuni (Pseudoscaphirhynchus kaufmanni) ham yashaydi.

Manba: https://www.ramsar.org/news/uzbekistan-names-its-third-...

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources