O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-sonli “Sаnitаriya jihаtidаn tozаlаsh sohаsidа xizmаtlаr koʼrsаtish fаoliyatini аmаlgа oshirish uchun hududlаrni biriktirish tаrtibini tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа” gi qarori qabul qilingan.Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020 yil 10 avgustda o‘tkazilgan 63-yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.
- Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi (EOI Submission form)
- Loyiha konsepsiyasi
-
Talablar :
- Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha etarli darajada malaka tajribaga ega bo’lishi lozim
- Moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo’lishi lozim.
Tenderda ishtirok etish istagi bo’lgan tomonlar o’zlarining qiziqish uchun so’rovlarini 2020 yil 31-oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20.00-ga qadar topshirishlari lozim.
Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so’rov formasi va xujjatlar (hisobotlar) to’liq hamda o`z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.
Murojaat uchun:
DXSh agentligi tomonidan mas’ul shaxslar
E-mail : pppdauz@gmail.com
Biriktirilgan xodim: T.Irgashev
tel: 71 203-03-07, 93 590-51-11, E-mail: TIrgashev@ppp.mf.uz
Davlat sherigidan mas’ul shaxslar
Murojaat uchun veb-sayt: eco.gov.uz
Biriktirilgan xodim: M. Xursanov, F. Babakulov
tel: 71 207-07-70 (1072#), 99 845-97-04, 98 128-97-22, 71 268-34-48