Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan aktsiya yakunlari
21.
09. 2020
20:02
5801
Event

2020 yil 19 sentyabr kuni mamlakat hududlari bo‘ylab Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan aktsiya tashkil etildi.

Mazkur tashabbus Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, «Meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi, «Ekomaktab» NNT hamda «Carrefour» xalqaro brendi ostidagi super va gippermarketlar tarmog‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlarda Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan aktsiyada ishtirok etish uchun yurtimizning 50 dan ortiq sportchi va san’at namoyondalari o‘zlarining chorlovlari bilan chiqish qilishdi.

Mazkur aktsiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 88 361 nafar fuqaro ishtirok etdi. Aktsiyaga 2050 ta maxsus texnika jalb qilingan holda 1062 ta hudud tozalanib, 17055 tonna chiqindi olib chiqildi.

Aktsiya jarayonlari OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi. Davlat va nodavlat telekanallar tomonidan 80 ta lavha tayyorlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 747 ta postlar joylashtirildi.

Shu bilan birga, mazkur aktsiyada IUCN – Xalqaro miqyosdagi global ekologik muammolarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha yetakchi tashkilot – Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (the International Union for Conservation of Nature IUCN) O‘zbekistonning Butunjahon tozalik kuni bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources