Koreyalik mutaxassislar bilan uchrashuv
13.
10. 2020
12:51
7090
News

2020 yil 13 oktyabr kuni mamlakatimizga Koreya Respublikasining Yooshin Engineering Corporation va Sewon ENE kompaniyalari vakillari xizmat safari bilan tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Narzulla Oblomuradov bayon etilgan kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda «O‘zbekistonda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqish» loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar tadbir yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Koreyalik mutaxassislarning tashrif joriy yil 2 noyabr kuniga qadar davom etib, chiqindilarni boshqarishning joriy holatini batafsil o‘rganish (poligonlar holati, chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish va h.k.), Farg‘ona shahrida chiqindilarni turiga qarab ajratib olishning sinov dasturi rejasini tuzish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek loyiha doirasida tanlangan 5 ta hududga – Farg‘ona, Jizzax, Buxoro, Termiz, Nukus shaharlariga tashrif belgilangan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources