«Turkiston» saroyi hududi atrofida belgi ostiga olingan daraxtlar yuzasidan munosabat
23.
11. 2020
14:50
8001
News

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri «Turkiston» saroyi atrofida maxsus belgi ostiga olingan daraxtlar, ularning kesilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan xabarlar joylashtirilmoqda. Davlat ekologiya qo‘mitasi mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridagi daraxtlarning holatini aniqlash maqsadida 2020 yil noyabr oyida Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, mazkur guruh tomonidan ayni vaqtda A. Navoiy ko‘chasi bo‘ylab tabiiy omillar yoki o‘simlik zararkunandalari ta’sirida zararlangan, o‘zining biologik yoshini o‘tab bo‘lgan, turli kommunikatsiyalarga tahdid solayotgan daraxtlar o‘rganilib, maxsus belgilar qo‘yildi.

Belgi ostiga olingan daraxtlar «aniq kesiladi» degan fikrlar noo‘rin bo‘lib, aksincha mazkur daraxtlarni da’volash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi. Bunda har bir daraxtga individual yondoshilib, imkon qadar saqlab qolish, yangi ko‘chatlarni ekish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, ayni vaqtda Davlat ekologiya qo‘mitasi tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son Farmoniga muvofiq daraxtlar va butalarni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlardan kelib chiqqan holda moratoriyning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi, shuningdek, Toshkent shahri Obodonlashtirish boshqarmalari huzurida o‘simliklarni muhofaza qilish hamda saqlash xizmatlarini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources