Uysiz hayvonlarga ko‘rsatgan mehribonligi bilan qizaloq barchaga namuna bo‘ldi
01.
12. 2020
18:51
5635
News

Navoiy viloyat deputati o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga Zarafshon shahrida tasvirga olgan videosi quyidagicha izoh yozilgan «Yaxshiyam bu dunyoda bolalar bor. Ularning pok va beg‘ubor qalbi ana shu dunyoni tutib turibdi. Zarafshon shahridagi maktabning birida shu sovuq havoda qizcha o‘tib ketolmay, sumkasidagi pishiriqni chiqarib mushukni ovqatlantirdi. Ayrimlar uchun bu oddiy holdek tuyilishi mumkin ammo meni juda ta’sirlantirdi» deb o‘z so‘zini yakunlagan.

Bu rolikni biz ekologlar ko‘rib qizaloqning hayvonlarga bo‘lgan mehri borligi bizni ta’sirlantirdi. Bu qizaloqni darhol topib Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan rag‘barlantirish kerak ekanligi bildirdik.

Ushbu qizaloq Navoiy viloyati Zarafshon shahar 4-maktab 2 "A"–sinf o‘quvchisi Ernazarova Janerki Erbo‘lovna ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ernazarova Janerki Erbo‘lovnaning ota-onasiga va o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildirish maqsadida Zarafshon shahar 4– maktabga tashrif bo‘ldi va Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi hamda viloyat Ekologiya boshqarma boshlig‘i tomonidan estalik sovg‘alari noutbuk, o‘yinchoq, kitoblar jamlanmasi, shirinliklar, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Covuq kunlari uysiz jonivorlarga siz ham rahmli bo‘ling. Yonidan o‘tib ketmang, bir burda noningizni ayamang, savobga qoling.


Zubayda DUShANOVA

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources