23.
12. 2020
15:27
5299
News
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov 2020 yil 23 dekabr kuni Navoiy viloyatiga xizmat safari doirasida «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi»da bo‘ldi.
Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ta’kidlanganidek, markaz o‘z faoliyatini boshlagandan buyon (2008 yil) jami 14 mingdan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiat bag‘riga uchirilgan.
Markaz vakillari bilan suhbat davomida Markaz bilan hamkorlikni kengaytirish, kelgusidagi chora-tadbirlar belgilandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati