Ijtimoiy tarmoqlarda Markaz-2 «Trastbank» XAB ro‘parasida daraxtlar tagi beton bilan qoplanganligi to‘g‘risida xabar joylashtirildi. Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari holatni joyiga chiqib o‘rgandilar.
Bayon etilgan manzilda tadbirkorlik subъekti ko‘chma savdo rastasini o‘rnatish maqsadida daraxtlarga shikast yetkazish darajasida belgilangan maydonni beton bilan qoplaganligi maъlum bo‘ldi.
Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tadbirkorlik subъekti vakillarini jalb etib, muammo joyida bartaraf etildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati