11 yanvar – Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni. O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi
11.
01. 2021
14:27
6545
News

Tabiiy ekotizimlar, o‘simlik va hayvonot dunyosining muhofaza qilinishi hamda ko‘paytirilishida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi bugungi kunda 3,521 mln gektarni qamrab olgan ta davlat qo‘riqxonasi, ta majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi, ta tabiat bog‘i, ta milliy bog‘, 11 ta tabiat yodgorligi, 2 ta biosfera rezervati, 12 ta buyurtma qo‘riqxonasi, 1 ta «Jayron» maxsus pitomnigidan tarkib topgan. Mamlakatimizda 84 ta o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularining umumiy maydoni 11,44 mln gektarni tashkil qiladi. Bioxilma-xillikni saqlash bilan bog‘liq muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 14,963 mln gektarni tashkil qiladi.

Mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qatorida davlat qo‘riqxonalari alohida ajralib turadi. Davlat qo‘riqxonalari tabiiy ob’ektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘lgan, tipik ekologik tizimlar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o‘rganish uchun mo‘ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanib, ularning hududida ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritishdan tashqari har qanday faoliyat, jumladan qo‘riqxona hududida hamda ularning qo‘riqlanma zonalarida tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish ta’qiqlanadi.

Mamlkatimizdagi barcha davlat qo‘riqxonalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lib, ular Zomin, Surxon, Nurota, Qizilqum, Hisor va Chotqol davlat qo‘riqxonalaridir. Chotqol qo‘riqxonasiga tabiatining o‘ziga xosligi jihatini e’tiborga olib YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan biosfera qo‘riqxonasi maqomi berilgan.

Mamlakatimizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish sohasiga Prezidentimiz va hukumat tomonidan katta e’tibor qaratilayotganligi ham biologik xilma-xillikning tabiat hamda jamiyatning uyg‘unligini ta’minlashdagi ahamiyatining e’tirofi hisoblanadi. Jumladan, mustaqillik yillarida Quyi Amudaryo va Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatlari, Saygachiy majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi, Zarafshon, Kitob, Ugom-Chotqol, Xorazm va Janubiy Ustyurt milliy tabiat bog‘larining tashkil etilishi mazkur nuqtai-nazarning isbotidir.

Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4247-sonli qarori bu borada o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Mazkur Qaror asosida respublikamizdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning kelgusida rivojlantirilishi sohasida bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi va ishlab chiqildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining «2021 - 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish va kengaytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi, «Zomin, Nurota, Qizilqum va Surxon davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma zonalarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va «Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror loyihalari tayyorlanib tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi

O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi

O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi

O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources