Maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish yuzasidan tender
15.
01. 2021
22:55
5126
Tender

DIQQAT E’LON!

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish yuzasidan tender bosqichi boshlanganligini e’lon qiladi.

Tenderda quyidagi hududlar bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risdagi bitim tuzish huquqi uchun xususiy sherik aniqlanadi:

1-bosqichli tender o‘tkazish bo‘yicha:

1. Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida;

2-bosqichli tender o‘tkazish bo‘yicha:

2. Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Qo‘shtepa va Yozyovon tumanlarida;
3. Farg‘ona viloyatining Quva tumanida;
4. Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida;
5. Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida;
6. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida;
7. Navoiy viloyatining Navbahor, Konimex, Nurota va Xatirchi tumanlarida;
8. Navoiy viloyatining Uchquduq, Tomdi va Qiziltepa tumanlari.

Tenderda ishtirok etish uchun arizalar yozma ravishda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga 2021 yil 1 fevral soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etilishi shart.

Tender o‘tkazish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasininig “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2020 yildagi PQ-4845-son qarori.


Barcha qiziqish bildirganlar quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:

Toshkent sh., Yashnabod tumani, To‘ytepa ko‘chasi 2-a uy, 100047.

Telefonlar: (71) 207-07-70 (ichki 5003#); (71) 207- 07- 70 (ichki 1072#).

Useful resources