Toshkent shahri. Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmoqda
13.
02. 2021
15:59
5451
News

Toshkent shahrining Chilonzor tumani 4-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar oldida noqonuniy daraxt kesilish ehtimoli borligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumotlar tarqaldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida davlat inspektorlari murojaatda qayd etilgan manzilda batafsil o‘rganish ishlarini olib borishdi.

Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida murojaat o‘z tasdig‘ini topmaganligini ma’lum qilamiz. Aksincha, bu hududga tuman xokimligi va tuman prokuraturasi tashabbusi bilan bolalar maydonchasi o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi.

Hurmatli yurtdoshlar, ijtimoiy tarmoqlarga faqatgina asosli ma’lumotlarni joylashingizni so‘rab qolamiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources