Toshkent viloyati O‘ngqo‘rg‘on mahallasidagi fermer xo‘jaliklaridan o‘tgan ariqdan qonli suv oqadi mazmunidagi murojaat yuzasidan munosabat
06.
03. 2021
17:08
5467
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlar hamda OAVlarda Toshkent viloyati Qibray tumanining «O‘ngqo‘rg‘on» mahallasidagi fermer xo‘jaliklarining o‘rtasidan o‘tgan ariqdan har kuni ikki mahal qonli suv oqadi mazmundagi murojaat Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligining hududiy mutaxassislari hamda inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida haqiqatan ham «Obod Savdo Biznes» MChJ ga qarashli qushxona faoliyatidan hosil bo‘lgan oqova suvlarni zax ariqga oqizilganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan 2021 yil 26 fevral kuni Ekologiya va atrof-muxitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Qibray tumani inspektsiyasi tamonidan ogohlantirish xati berilgan.

Bu bilan O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 19 – moddasi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunning 18, 19, 99-moddalari talablari buzilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 72-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ldi.

Ta’kidlash zarurki, mazkur Ixtisoslashgan so‘yish korxonasi binolari 2014 yilda «Obod Savdo Biznes» MChJ tasarrufiga o‘tgan va Qibray tumani hokimining tegishli qarori qabul qilingan. Ixtisoslashgan so‘yish korxonasi qurilib 2018 yil ishga tushirilgan, lekin hujjatlar so‘ralganda, aynan Ixtisoslashgan so‘yish korxonasi uchun tegishli tashkilotlar xulosalari taqdim qilinmadi.

Oqova suv va qushxona hududidan chiqayotgan oqova suv uchun qilingan o‘ralar gidroizolyatsiyalangan (betondan yasalgan), lekin oqova yig‘ilmasdan dala va zax ariqga oqizilgan.

Oqova suvni o‘radan tortib olinishi, chiqindilarni olib chiqish uchun u yoki bu maxsus tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmagan. Shu bilan birga qushxonani yuvish vaqtida chiqqan qon aralash suv va so‘yilgan mol ichaklari qushxona hududining orqa tomoni - dala qismiga chiqarilishi natijasida tartibsiz holatga kelib qolgan.

Veterinariya - sanitariya qoida va me’yorlari talablari buzilgan.

Toshkent viloyat ekologiya boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan aniqlangan holatni zudlik bilan bartaraf qilish choralarini ko‘rish uchun zarur tavsiyalar berilib, nazoratga olindi.

Ayni damda yuqorida bayon etilgan masalalarni bartaraf qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi, qushxonadan chiqayotgan oqova suvni ariqqa oqizish uchun qo‘yilgan quvurlar olib tashlandi, bayon etilgan holat to‘xtatildi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Toshkent viloyati O‘ngqo‘rg‘on mahallasi

Toshkent viloyati O‘ngqo‘rg‘on mahallasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 

Useful resources