Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Zangiota tuman bo‘limi inspektorlari zudlikda voqea joyiga chiqishdi va vaziyat atroflicha o‘rganishdi.
O‘rganishlar davomida ushbu noqonuniy xatti-harakat fuqaro O.Solihov tomonidan sodir etilganligi ayon bo‘ldi. Eng qizig‘i, bu «qahramon»ning ikkinchi marotaba qo‘lga tushishi edi. Avval ham, O.Solihov aynan shu hududga chiqindi to‘kkanligi uchun ogohlantirilgan va MJtKning 91pr 1-moddasi bilan ma’muriy jarimaga tortilgan edi.
Ammo «o‘rgangan ko‘ngil» O.Solihovni yana shu hududda o‘zining «jinoiy izini» qoldirishga undagani, ajablanarli hol. Avvalgi qing‘irlikdan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan huquqbuzar, bu safar ham qo‘lga tushdi.
Bu safar O.Solihovga nisabatan qattiqroq, qat’iyroq chora ko‘rildi. Huquqbuzar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasi, «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasi talablarini qo‘pol ravishda buzganligi bois, unga nisbatan MJtKning 91pr 1-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va unga muvofiq ravishda 2 mln. 450 ming so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanildi.
Undan tashqari, fuqaro O.Solihovga o‘zi tomonidan «barpo» qilingan chiqindi uyumini 5 kun ichida bartaraf etishi lozimligi yuzasidan ogohlantirish xati berildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati