«Chirchiqda daraxtlar kesilmoqda – aholi bundan norozi» sarlavhali maqolasi yuzasidan rasmiy munosabat
09.
04. 2021
17:15
6700
Econadzor

Kun.uz saytida e’lon qilingan holatda kesilgan daraxtlar Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2021 yil 23 martdagi 01/19-308 sonli xulosasiga asosan zararlangan teraklarni sanitar-tozalash va shakl berish bilan bog‘liq. Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlanmadi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Chirchiq shahar inspektsiyasi xodimlari tomonidan hudud aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ular qurigan daraxtlar kesilganligi yuzasidan hech qanday e’tirozlari yo‘qligi hamda zararlangan teraklar olib tashlanganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43 son qarorining (https://lex.uz/docs/416793634 bandiga asosan daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida tanasining bir qismini va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraxtlarni) kesish Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining xulosasi asosida to‘lovlarsiz amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunining (https://lex.uz/ru/docs/-2105724) 16-moddasiga asosan «Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qilinadi».

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources