Navoiy viloyati Zarafshon shahar Ekologiya inspektsiyasi davlat inspektorlari tomonidan Zarafshon shahridagi 12-sonli maktabida ham 15 aprel — Xalqaro ekologik bilimlar kuni munosabati bilan «Ekologiya va men» mavzusida o‘quvchi yoshlar bilan tadbir o‘tkazildi.
Ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirish, jamiyatning ekologik xavfsizligi haqida ma’lumot berish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda davlat inspektorlar tomonidan ekologiya mavzusiga oid videorolik namoyish etildi. Tadbir qizg‘in savol javoblarga boy bo‘ldi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati