«Markaziy Osiyoda yashil tiklanish va texnologiyalar» konferentsiya
28.
04. 2021
18:46
4897
Event

2021 yil 28 aprelida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Slovakiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan videokonferents-aloqa shaklidagi «Markaziy Osiyoda yashil tiklanish va texnologiyalar» mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Slovakiya, Markaziy Osiyo tabiatni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, xususan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi O. Algaerova, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasidan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F. Arziev, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov nutq bilan ishtirok etdilar.

Seminar «Markaziy Osiyoda suv boshqaruvini rivojlantirishga xalqaro tashkilotlarni jalb qilish» deb nomlangan yuqori darajadagi panel hamda «Suvni boshqarish – davlat sektorining istiqbollari» va «Suvni boshqarish – Slovakiya biznes sektorining tajribasi bilan bo‘lishish» nomli texnik panellarga bo‘lingan.

Ushbu seminar Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo iqtisodiy forumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etilgan bo‘lib, uning doirasida Markaziy Osiyoda yashil tiklanish, innovatsion yechimlar va texnologiyalar yordamida suvni tejash va barqaror boshqarish bo‘yicha yechimlar muhokama qilindi. Shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida yashil savdo, investitsiyalarni xususiy sektor va davlat xususiy sheriklik soxalariga olib kirish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

«Markaziy Osiyoda yashil tiklanish va texnologiyalar» konferentsiya O. Algaerova - BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi

«Markaziy Osiyoda yashil tiklanish va texnologiyalar» konferentsiyaPiter Burian - Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili

«Markaziy Osiyoda yashil tiklanish va texnologiyalar» konferentsiyaF. Arziev - O‘zbekiston Respublikasidan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

«Markaziy Osiyoda yashil tiklanish va texnologiyalar» konferentsiyaJ. Kazbekov - Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources