Qashqadaryo viloyati. Sayyor qabul o‘tkazildi
31.
05. 2021
14:55
4393
Event

Qarshi shahrida jismoniy va yuridik shaxslar hamda tadbirkorlar uchun «Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasiga oid murojaatlar va muammolar» mavzusida sayyor qabul o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Boqijonov hamda Qo‘mita raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maslahatchisi S. Tashimov ishtirok etgan sayyor qabulda fuqarolarning 40 ga yaqin murojaatlari tinglanib, ularni birgalikda hal etish yo‘llari izlandi.

Jumladan, Qarshi shahridagi tadbirkor X. Sh.ning ikkilamchi xomashyo yig‘ish va saqlash shahobchasidan qonuniy tartibda foydalanishga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaati joyida o‘rganilib, tadbirkorga ikkilamchi xom ashyoni faqat yig‘ish saqlash emas, qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish kerakligi tushuntirildi va tavsiyalar berildi.

Qarshi shahridan sayyor qabulda ishtirok etgan J. A. o‘zi faoliyat olib borayotgan tashkilot yonidagi yerga 3 tup daraxt ekkanligi, ushbu hudud ayni paytda boshqa tadbirkorga berilganligi hamda tadbirkor bu daraxtni kesib tashlamoqchiligi bo‘yicha murojaat qildi va bu murojaat ijobiy qanoatlantirildi.

Sayyor qabulda aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq muddat belgilanib, mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources