Kun.uz internet nashrida Namangan viloyatidagi «Namangan tsement» MChJ faoliyati to‘g‘risidagi murojaat yuzasidan munosabat
08.
06. 2021
18:06
4641
Econadzor

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Kun.uz internet nashrida (https://kun.uz/uz/56968360) Namangan viloyati Chust tumani «Qoraqo‘rg‘on» MFY hududida joylashgan «Namangan tsement» MChJ faoliyati, xususan, portlatish yo‘li bilan qazilma boyliklar qazib olinayotganligi yuzasidan norozi bo‘lgan mahalliy aholi tomonidan bildirilgan murojaat Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘rganilib quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, portlatish ishlari «Namangan tsement» MChJ tomonidan tsement mahsulotini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida «Qoraqo‘rg‘on MFY hududida joylashgan tog‘ tizmasidan bazalt qazib olish maqsadida amalga oshirilgan.

«Namangan tsement» MChJga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan «Noruda foydali kazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun» 2019 yil 8 may kuni NA-0049-son litsenziya rasmiylashtirilgan.

Ushbu portlatish ishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan jamiyatga Chust tumani Falaba massivi hududidagi oxaktosh mavjud bo‘lgan joylarda portlatish ishlarini amalga oshirish huquqi uchun 2021 yil 18 yanvardagi 53/51-son ruxsatnoma rasmiylashtirilgan. Ushbu ruxsatnomaga asosan «Navoiy maxsus burg‘ulash» XK tomonidan portlatish ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, Seysmologiya instituti tomonidan ohaktosh karerida sanoat portlashlarini ishlab chiqarish paytida Chust tumanidagi Ko‘kseraksoy suv omborining to‘g‘oniga dinamik ta’sirini baxolash uchun seysmometrik tadqiqotlar o‘tkazilgan.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan jamiyatga G‘alaba ohaktosh maydonida portland tsement ishlab chiqarishda geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun 2019 yil 1 apreldagi 01-01/10-08-536-son hamda Chust tumani Qoraqo‘rg‘on-2 ohaktosh konining atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi bayonoti loyiha hujjati ishlab chiqilib, loyiha hujjatiga 2021 yil 11 may kungi 04-01/10-08-734-son davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi berilgan.

Shuningdek, 2020 yil 19 oktyabr kuni Chust tuman hokimligida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlihi, «Qoraqo‘rg‘on» MFY raisi, «Namangan tsement» MChJ rahbariyati hamda mahalla faollari ishtirokida «Namangan tsement» MChJ tomonidan tsement ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun ajratilgan kar’erlardan samarali foydalanish hamda qazib olish holatini o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan.

Mazkur yig‘ilish bayoni qarori bilan jamiyatga yer qa’ri uchastkasidan bazalt va ohaktosh xom ashyosini (portlatish) qazib olishda belgilangan chora tadbirlarni ko‘rish, qazib olish va portlatishdan avval hududdagi aholini ogohlantirish kabi vazifalar yuklatilgan. Jamiyat tomonidan portlatishdan avval hududda yashovchi aholini mikrafon orqali ovoz kuchaytiruvchi uskunalar yordamida mahalla ahli ogohlantirilgandan so‘ng portlatish ishlari amalga oshirilgan.

Namangan viloyati Chust tumani hokimining 2021 yil 6 maydagi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563-son qaroriga kiritilgan loyihalarni xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash hamda ishsiz aholi uchun doimiy ish o‘rinlarini yaratish, ular salomatligini ta’minlash maqsadida «Namangan tsement» MChJga tegishli «G‘alaba» Ohaktosh kareri hududida joylashgan 40 ta aholi xonadonlari 2022 yilda xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources