Haftalik doirasida Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari tomonidan barqaror rivojlanish sohasidagi barcha milliy maqsadlar bo‘yicha turkum davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, 2021 yil 14 iyun kuni «Yuksalish» umummilliy harakatida «O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi: sabablari, ehtimolli oqibatlari va ular bilan kurashish strategiyasi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J. Kazbekov ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, iqlim o‘zgarishining ekologik va ijtimoiy oqibatlari keyingi yillarda ayrim mintaqalarda to‘fon, o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik, toshqinlar, haroratning keskin isib ketishi bilan bog‘liq holatlar sezilarli darajada ko‘payishi orqali namoyon bo‘lmoqda. Ba’zi davlatlarda iqlim o‘zgarishi ta’sirida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligining pasayib ketishi esa bevosita oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati