Navbatdagi sayyor qabul
26.
07. 2021
17:26
4556
Event

Bugun, ya’ni 2021 yilning 26 iyul kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiraisi Alisher Maksudov poytaxtimizning Sergeli tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda internet nashrlari vakillari va blogerlar ham qatnashdi.

Karantin talablariga rioya qilingan holda ochiq havoda tashkil etilgan uchrashuvning asosiy maqsadiekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni murojaatchilar bilan yuzma-yuz tahlil qilish va bartaraf etishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur qabulda Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i hamda tumanlar inspektrlari ham ishtirok etib, ko‘tarilgan muammolarni joyida o‘rganishdi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar qanday yechim topgani bir haftadan keyin xuddi mana shu yerda qayta muhokama qilinishiga kelishilgani murojaatlar mualliflariga ma’qul bo‘ldi.

Qabul davomida bironta muammo taalluqliligi bo‘yicha rad etilmagani, aksincha, «O‘zsuvta’minot» AJ vakolatidagi yoki Toshkent shahar hokimligi tasarrufidagi «Maxsustrans»ga oid masalalarga ham qonun doirasida tushuntirishlar berilgani jurnalistlar e’tiborini tortdi.

Navbatdagi sayyor qabul

Navbatdagi sayyor qabul

Navbatdagi sayyor qabul

Navbatdagi sayyor qabul

Navbatdagi sayyor qabul

Navbatdagi sayyor qabul

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources