Dushanbe. Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv
27.
07. 2021
17:25
4309
International cooperation

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Boqijonov Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodur Ahmadjon Sheralizoda bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakatning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida ekotizim xizmatlari bo‘yicha tajriba almashish, biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish sohasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar va tojik tomonining Sirdaryo suvining sifati bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh faoliyatida rasmiy ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Chiqindilarni boshqarish sohasida me’yoriy hujjatlar va huquqiy bilimlarni takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish masalalari ham muhokama qilindi.

Tomonlar nafaqat ikki tomonlama, balki xalqaro maydonda ham hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ikki qo‘mitaning bir qator ekspert uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources