Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda Qo‘mita markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:
— Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Hujjatlar 2021 yil 11 avgustdan 20 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma.
Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati