Chiqindilarni qayta ishlash tizimini xorij tajribasida takomillashtirish
12.
08. 2021
17:10
4962
International cooperation

2021 yil 12 avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Janubiy Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

«O‘zbekiston Respublikasida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqish» loyihasi doirasida yurtimizga KEITI Bosh direktori Ki Xun Song boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan muloqot chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yanada kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov o‘zaro samarali hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish maqsadida Jizzax shahri markaziy poligoni hamda Zomin tumani poligonlarida chiqindilarni qayta ishlash tizimi takomillashtirish bo‘yicha mo‘ljallangan yangi investitsion va grant loyihalarining dolzarb ahamiyati xususida so‘z yuritdi.

Bo‘lajak qo‘shma loyihalar kontseptsiyasini yakunlash maqsadida KEITI delegatsiyasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax shahri markaziy poligoni hamda Zomin tumani poligonlarida bo‘lishi rejalashtirilgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources