Surxondaryo viloyati. Rasmiy munosabat
16.
08. 2021
15:43
4647
News

Ijtimoiy tarmoqlard «Surxondare viloyati Boysun tumani Xujaidon mahallasi Nazari qishlog‘ida istiqomat qilayotgan Turaev Sa’di qishloqdan qabristonga ketish yo‘liga 100 tadan oshiq na’matak, olma, nok, teraklar ekib, yo‘lning chap tomoninidagi daraxtlarni surib tashlash uchun qaror qabul qilingan va surish uchun traktor bilan kelishdi» sarlavhasi bilan e’lon qilingan murojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarma va Boysun tuman inspektsiya inspektorlari tomonidan o‘rganish olib borildi. Murojaatchi S. Turaev bilan telefon orqali bog‘langanimizda daraxtlarni surib tashlash uchun kelgan traktor yo‘lni tekislab, bironta ham daraxtlarga shikast yetkazmaganligini bayon qildi.

Ma’lumot uchun: Boysun tumani Xujaidon mahallasi, Nazari qishlog‘ining yo‘l chetidagi daraxtlarni kesishga Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqaramasi tomonidan xulosa berilmagan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources