Bugun 18 avgust kuni Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Chirchiq shahar va Bo‘stonliq tumani inspeksiyalari hamda YPX xodimlari hamkorligida hududlardagi serqatnov avtomobil yo‘llarida «Toza havo» oyligining 2-bosqich tadbiri reja asosida o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida transport vositalaridan hosil bo‘layotgan zararli gazlar miqdorini o‘lchab chiqish bilan bir qatorda haydovchilariga tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar hamda uning mazmun va mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Belgilangan me’yordan ortish holatlari bo‘yicha tegishli tartibda chora ko‘rilib transport vositasi xaydovchilariga kerakli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati