Xorazm viloyati. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov xizmat safarida bo‘ldi
19.
08. 2021
08:05
3781
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.

I. Boqijonovning ushbu xizmat safari doirasida Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlar va inspektorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof-muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" 2021 yil 12 apreldagi 202-son qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda o‘rganilgan murojaatlar, aniqlangan muammolarni hal etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Boshqarmaning faoliyati bilan yaqindan tanishgan holda bu yerda amaliyotga joriy etilayotgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratdi, viloyatda chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal etish, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va rivojlantirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources