Xorazm viloyati. Murojaat o‘z yechimini topdi
19.
08. 2021
11:56
4684
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tabiat? Archa? Tezda kesib tashlang va o‘rniga savdo shahobchasi o‘rnating!» sarlavhasi ostidagi murojaat Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Urganch shahar inspektsiyasi tomonidan mjoyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida Urganch shahar 33-son mahalla fuqarolar yig‘ini binosi oldida haqiqatan ham 2 tup sharq tuya archasini fuqaro S.X. noqonuniy ravishda kesganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari, ya’ni 1 mln 225 ming so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zarari 735 ming so‘m hisoblandi.

Shuningdek, hududdagi 4 ta archa daraxtlari tag qismi beton bilan yopib tashlanganligi ma’lum bo‘lib, ushbu archa daraxtlariga ishlov berilib, sug‘orilishi uchun sharoitlar yaratildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources