Tadbirda Markaziy Kengashi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, hududlardan saylangan delegatlar, partiya faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
S’ezdda 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi hamda Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J. Kazbekov so‘zga chiqib, atrof-muhit muhofazasida kompleks yondoshuv zarurligini takidlab o‘tdi.
Delegatlar tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning Saylovoldi dasturi bir ovozdan ma’qullandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati