E’lon!  Davlat ekologiya qo‘mitasi takliflarni qabul qiladi
30.
08. 2021
20:25
5050
Tender

Hurmatli OAV va jamoat tashkilotlar vakillari, fuqarolar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishda ekologiya, xususan, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha qator vazifalar, xususan:

– har bir hududda “yashil maydonlar” va jamoat parklarini tashkil etish;

– hududlarning o‘ziga xos iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda daraxt ko‘chatlarini ekish vazifalari qo‘yildi.

Hozirgi kunda Davlat ekologiya qo‘mitasida tashkil etilgan ishchi guruh mazkur vazifalar yuzasidan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlamoqda.

Hurmatli OAV va jamoat tashkilotlari vakillari, fuqarolar, agar Sizning yuqorida bayon etilgan vazifalar, shuningdek, ekologiya sohasidagi muammo va kamchiliklar, soha tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflaringiz bo‘lsa, ularni joriy yil 6 sentyabrga qadar Davlat ekologiya qo‘mitasining quyidagi TELEGRAM-bot kanaliga yuborishingiz mumkin – https://t.me/eco_2021_bot

Tel.: 71 207 07 70 (ichki 1001#, 5555#).

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources