Namangan viloyati. Tungi ekonazorat kuchaytirilmoqda
07.
09. 2021
16:56
4302
News

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan Namangan shahri bo‘ylab o‘tkazilgan hamkorlikda ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida belgilanmagan joylarga maishiy va qattiq chiqindilarni joylashtirgan 10 nafar huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, 6 nafar voyaga yetmagan yoshlarga ogoxlantirishlar berilib ota-onalari bilan tushintirish ishlari olib borildi.

Reyd tadbirlari davomida belgilanmagan joylarga tashlangan turli xildagi chiqindilar «Namangan Musaffo iqlim» MChJ texnikalari yordamida bartaraf qilindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources