O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining oldini olishga qaratilgan Ishchi guruhning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
09.
09. 2021
16:04
4386
Event

O‘zbekiston 1993 yildan buyon BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi xadli konventsiyasining (keyingi o‘rinlarda - Konventsiya) a’zosi hisoblanib, ushbu Konventsiyaning Parij bitimi (keyingi o‘rinlarla - Bitim) 2017 yilda imzolangan va 2018 yilda ratifikatsiya qilingan hamda uni bajarish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.

Mamlakatimiz tomonidan ushbu majburiyat doirasida issiqxona gazlari tashlamalarini 2030 yilga qadar 2010 yildagi darajadan 10 foizga qisqartirishga erishilishi ta’minlanishi lozim.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 1 - 2 noyabr kunlari Glazgo shahrida (Buyuk Britaniya) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Konventsiyaning 26-konferentsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda O‘zgidromet markazi mutasaddi xodimlaridan iborat Ishchi guruhning kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tahlillarga ko‘ra, respublika iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan tashlanadigan issiqxona gazlarni xatlovdan o‘tkazish orqali 2010 yilda tashlangan issiqxona gazlarining solishtirma tashlamalarga nisbatan 43,2 foizga kamayganini hisob-kitoblar ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda energetika, sanoat, qishlok xo‘jaligi, maishiy chiqindilarni xosil bo‘lishi va qayta ishlashni yaxshilashni ta’minlash sohasida izchil isloxatlar olib borilmoqda. Natijada ushbu sohalarni yanada rivojlantirish maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, 2030 yilgacha bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.

Ma’lumot uchun: joriy yil 30-31 may kunlari Seul shahrida (Koreya Resaublikasi) “onlayn” formatda bo‘lib o‘tgan “Yashil o‘sish va global maqsadlar yo‘lida hamkorlik - 2030” halqaro sammiti yakuni bilan qabul qilingan “Seul deklaratsiyasi” 6-bandida mamlakatlarni Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarni bajarish va yuqori ambitsiyali ko‘rsatkichlarni qabul qilishga chaqirilgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources