Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2021 yil 1 sentyabrdan e’tiboran 2022 yil uchun “Ilmiy-tadqiqot, me’yoriy-uslubiy ishlarni, tashkiliy va tabiatni muhofazasi bo‘yicha tadbirlar Dasturi”ni rejalashtirishni boshladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi joriy yilning 30 sentyabrga qadar ilovada ko‘rsatilgan talablarga muvofiq arizalarni qabul qiladi.
ILOVA:
Ariza shakli
1. Titul varag‘i.
2. Loyihaning tavsifi:
- Loyihaning nomi;
- Muammoning qo‘yilishi;
- Maqsadi;
- Rejalashtirilgan tadbirlar va masalalar;
- Yakuniy natijasi, samaradorligi;
- Bajarilish muddati;
- Bajariladigan ishlarning kalendar rejasi;
- Amalga oshiriladigan ishlarning “Bajaruvchi” tomonidan tasdiqlangan qiymati, yoki tadbir qiymatnini asoslovchi boshqa tegishli hujjatlar.
3. Bajaruvchi – tashkilot (lar) haqidagi to‘liq ma’lumot - tadbirni bajaruvchi tashkilot (lar)ning nomi, adresi, telefon va hisob raqamlari.
4. Arizalar kuyidagi manzilga yuboriladi: 100170, Tashkent shahri, Mirzo Ulugbek tumani, Sayram 5-tor ko‘chasi, 15-A uy.
Ekologiya, atrof muhit muhofazasi va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish bo‘limi;
Tel: (+998) 71 207-07-70 (ichki. 1111#); E-mail: fond@uznature.uz
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati