Atrof tabiiy muhit monitoringini raqamlashtirish yo‘lida
16.
09. 2021
15:21
4088
News

2021 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkent shahrida Davlat ekologiya qo‘mitasi va BMT Atrof muhit dasturi (UNEP) hamkorligida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda ekologik monitoringni qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlar va ulardan foydalanishni yaxshilash uchun salohiyatni rivojlantirish hamda texnologiyalar almashish” mintaqaviy loyihasi doirasida onlayn trening va vebinari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda «O‘zgidromet» markazining soha mutaxassislari kartografiya qilish, geoaxborot tizimi (GIS) va masofadan zondlash axborot texnologiyalari dasturlari va ma’lumotlarni tahlil qilish metodlari bilan tanishtirildilar.

Rossiya Federatsiya Hukumati tomonidan moliyalashtirilgan ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan onlayn trening va vebinar uch bosqichdan iborat bo‘lib, Rossiya Fanlar akademiyasi Geografiya instituti tomonidan «Iqtisodiyot Oliy maktabi» Milliy tadqiqot universiteti texnik ko‘magida tashkil etildi.

Hukumat topshirig‘iga asosan, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan atrof tabiiy muhitning holati va ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi axborotni geografik ma’lumotlar hamda zarur ob’ektlar haqida ular bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni grafik vizuallashtirish orqali GIS-texnologiyalar asosida to‘plash tahlil qilish va saqlashning elektron tizimini yaratish maqsadi belgilangan.

Onlayn trening va vebinar

Onlayn trening va vebinar

Onlayn trening va vebinar

Onlayn trening va vebinar

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources