Butunjahon tozalik kuni doirasida 2021 yil 18 sentyabr kuni Zahiriddin Bobur nomidagi «Ekobog‘» da Ekologik nazorat guruhi uchun avtomobillar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev huzurida O‘zbekiston Respublikasida ekologik holatni yaxshilash, daraxtlar muhofazasini samarali tashkil etish va yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha joriy yil 24 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimizda ekologik jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularga yul qo‘ymaslik hamda ularni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish yuzasidan qator vazifalar belgilangan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati