Ekologik nazorat yanada kuchaytiriladi
22.
09. 2021
11:56
4017
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi mutasaddilarining tsement ishlab chiqaruvchi korxonalar mutaxassislari ishtirokida videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 martdagi 109-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.

Alohida ta’kidlash joizki, atmosfera havosi muhofazasini ta’minlash, birinchi navbatda, sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarning to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan chang-gaz tozalash uskunalarining samaradorligini oshirish muhim omil hisoblanadi.

Yig‘ilishda respublikadagi tsement ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari mahsulot tayyorlashda ekologik talablarga qat’iy rioya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning o‘tgan davrdagi ijro holati bo‘yicha axborot berishdi.

Tadbir davomida, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining «SovPlim» qo‘shma korxonasida ishlab chiqariladigan havo tozalash filtrlari va uskunalarining taqdimoti o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources