Xorazm viloyati. Sessiyadagi eshituv
26.
09. 2021
14:34
4754
Event

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi Halq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i A. Qlichevning 2021 yil I-yarish yillikda viloyatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Yig‘ilishda sohada olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlar, amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar, ularni yuzaga keltirayotgan omillar va ularni yechimi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources